📢 Qo‘qon shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
2026-08-19 17:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar aholisi va tadbirkorlari diqqatiga! Fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni joyida va tezkor hal etish maqsadida shahar hokimi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan haftalik shaxsiy qabullar tashkil etilmoqda.

📌 Qabul manzili: Qo‘qon shahar Xalq qabulxonasi.
📅 Qabul kunlari va vaqtlari (Har hafta):
* Dushanba (10:00 – 12:00):
Usmonov Maruf Azamovich – Qo‘qon shahar hokimi.
* Seshanba (10:00 – 12:00):
Qurbanov Otabek Xudashukurovich – Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
* Juma (10:00 – 12:00):
Mingbayev Oybek Marufjonovich – Shahar hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasi boshlig‘i.
* Juma (10:00 – 12:00):
Ergasheva Nigora Muratovna – Shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i.
