Qo‘qon shahrini kambag‘allikdan xoli hududga aylantiramiz!
2026-08-12 13:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar bilan muloqot qilib, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, ishsiz aholini ishga joylashtirish, biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Muloqot chog‘ida aholi o‘rtasida yer va mol-mulk solig‘idan bo‘lgan qarzdorlikni bartaraf etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab borish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.






