Qo‘qon shahri xalqaro turizm shahriga aylanmoqda
2026-08-11 10:10:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tomonidan aholi farovonligini oshirish va fuqarolar uchun kamxarajat va serdaromad, eng muhimi, uzoq muddatli — 100 yilgacha bo‘lgan vaqtni ko‘zlagan turizm loyihalarini rivojlantirish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
.

Turizmi rivojlangan ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida, milliy an’analar va urf-odatlarimizni inobatga olgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar Qo‘qon shahrida ham tobora rivoj topib bormoqda.
Xususan, Qo‘qon shahridagi uchta turizm yo‘nalishlaridan birida joylashgan "Isfara guzar" mahallasida aholi xonadonlari milliy uslubda ta’mirlanib, sayyohlar uchun jozibador ko‘rinishga keltirilmoqda






