Qo‘qon shahar jamoat transporti chekka qishloqlargacha yetib boradi
2026-08-12 15:10:00 / Yangiliklar
Eng olis manzillar Qo‘qondan 12 kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan hududlargacha yetib borishi mumkin. Yangi loyihaning maqsadi Qo‘qon shahridagi transport yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari saviyasi va sifatini oshirishdan iborat.

Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar bilan yangi loyihani amalga oshirish mexanizmlari, avtostansiyalar joylashuvi, xizmat ko‘rsatadigan avtobuslarga doir masalalarni muhokama etib, bildirilgan takliflarni idoralararo muvofiqlashtirish, loyihani aholi uchun qulay va hamyonbop darajaga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.






