Qo‘qon shahrida investitsion loyihalar ijrosi o‘rganildi
2026-08-05 17:00:00 / Yangiliklar

2022-yilda 8,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya asosida ishga tushirilgan korxonada bugungi kunda eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 35 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Joriy yilda korxona tomonidan 3 million AQSH dollarlik mahsulot ishlab chiqarilib, uning 100 foizi eksport qilindi. Mahsulotlar Rossiya, Ozarbayjon va boshqa MDH davlatlariga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, yangi xorijiy hamkorlar bilan 40 million AQSH dollari qiymatidagi eksport shartnomalari imzolangan.
Tashrif davomida korxona faoliyatini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.






