Qo‘qon va Veliko Tirnovo shaharlari o‘rtasida Memorandum imzolandi
2026-07-24 13:25:00 / Yangiliklar

Mazkur hujjat ikki shahar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot, investitsiyalar, turizm, madaniyat, ta’lim, fan va sport sohalarida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Memorandumga muvofiq, tomonlar o‘zaro delegatsiyalar almashish, ishchi uchrashuvlar va biznes forumlarini tashkil etish, mahalliy boshqaruv tajribasini o‘rtoqlashish hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha "Yo‘l xaritalari" (Roadmaps) ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar.
Qo‘qon va Veliko Tirnovo shaharlari o‘rtasida imzolangan mazkur memorandum Qo‘qonning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, yangi investitsiya va gumanitar loyihalarni amalga oshirish hamda ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


