Qo‘qon: xalq diplomatiyasining qadimiy va zamonaviy markazi
2026-07-24 13:05:00 / Yangiliklar

Mazkur forum ushbu formatdagi ilk xalqaro tadbir bo‘lib, unda dunyoning turli davlatlari hamda O‘zbekiston shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Forumning asosiy maqsadi shaharlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali muloqot maydonini yaratishdan iborat.
Forum doirasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, "Qo‘qon: xalq diplomatiyasining qadimiy va zamonaviy markazi" mavzusida ma’ruza qildi.
O'z ma'ruzasida Marufjon Usmonov Qo‘qonning boy tarixiy merosi, Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni, xalqaro madaniy aloqalardagi ahamiyati hamda bugungi kunda shaharni investitsiyalar, turizm va xalqaro hamkorlik markaziga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi.






