Qo‘qon shahar hokimi fuqarolar bilan muloqot qildi
2026-07-15 14:00:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Muqimiy" mahallasida ijtimoiy muammolar bilan murojaat etib kelgan fuqarolar bilan suhbatda bo‘lib, masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi.

Xususan, yotoqxonadan yashash uchun joy ajratish, elektr ta’minoti va uy-joy ta’miriga doir murojaatlar ijobiy hal etilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



