Qo‘qon shahrida bozorlar tartibga keltirilmoqda
2026-07-14 19:20:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi, mas’ullar hamrohligida, "Ko‘kat bozori"da tadbirkorlar va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi.

Mutasaddilarga shaharsozlik talablariga javob bermaydigan, tartibsiz qurilmalarni demontaj qilish, amaldagi qurilish normalariga asoslangan tartibli savdoni tashkil etish, rastalarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, yong‘in xavfsizligi normalariga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



