Qo‘qon shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb va hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi
2026-07-14 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar bilan muloqot qilib, yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport, kasb va hunar to‘garaklariga jalb etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish, ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari hududlarda mahalla aholisi uchun ham xizmat qilishini ta’minlash, yangi vorkaut maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Marufjon Usmonov ayni kunlarda mamlakatimizda hukm surayotgan issiq ob-havo sharoiti, oshib borayotgan energiya ta’minoti masalalariga ham to‘xtalib o‘tib, energiya tejamkorligini ta’minlash, aholi o‘rtasida bunday sharoitda ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish kabi yana bir qator masalalarga ham e’tibor qaratdi.









