Qo‘qon shahrida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi
2026-07-13 12:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar va Dolzarb 100 kunlik shtab a’zolari bilan muloqotda bo‘lib, fuqarolardan onlayn hamda bevosita kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlashda mutasaddilar mas’uliyatini oshirish, bu borada mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlashda mas’ul idora va tashkilotlar natijadorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish shtabi a’zolari bilan ham muloqotda bo‘lib, Dolzarb 100 kunlik doirasida ishchi guruhlar kesimida olib borilayotgan ishlarni tahlil etdi. Mas’ullarga Farg‘ona viloyati hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, barcha sohalarda yuksak saviya va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.









