Qo‘qon shahar hokimi "Tolzor" mahallasida yoshlar bilan muloqot qildi
2026-07-09 13:05:00 / Yangiliklar
"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida mahalla tizimi mutasaddilari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy muammolarini hal etish hamda doimiy daromad manbai bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla aholisi va yoshlar uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.









