Xalqaro hamkorlik va madaniy merosni asrash yo‘lida muhim tashabbus
2026-07-08 10:10:00 / Yangiliklar

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar hokimligi, Qo‘qon universiteti hamda Birodar shaharlar alyansi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari, hokimliklar vakillari, xorijdagi vatandoshlar, hamkor tashkilotlar, do‘stlik jamiyatlari, IT va sun’iy intellekt sohasi mutaxassislari, arxitektor-restavratorlar, shaharsozlik ekspertlari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya qilish, monitoring olib borish va ularni kelajak avlodlarga yetkazishda sun’iy intellekt hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.






