Qo‘qonda Yoshlar kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi
2026-06-30 17:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahridagi 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston – ezgu maqsad, yangi harakat!” mavzusida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida iste’dodli yoshlar tomonidan Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarini tarannum etuvchi musiqiy hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Konsert ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni Vatanga sadoqat va yuksak maqsadlar sari ruhlantirishga xizmat qildi.






