Obod va xavfsiz bozorlar
2026-06-24 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Maruf Usmonov bozorlarni obodonlashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda raqamlashtirish yo‘nalishlari uchun mas’ul rahbarlar ishtirokida navbatdagi ertalabki ishchi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, qurilish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
— Ushbu bozorlarda mehnat qilayotgan minglab fuqarolar va tadbirkorlar oldida mas’ulmiz. Butun shahar mazkur obyektlardagi ishlar borishini kuzatmoqda va ularning tez fursatda yakunlanishini kutmoqda, — dedi shahar hokimi.



