Qo‘qon shahar hokimi Portugaliyaning "Delta Y" kompaniyasi rahbari Karvas Afonso bilan muzokaralar olib bordi
2026-06-22 14:10:00 / Yangiliklar
Muloqot chog‘ida Qo‘qon shahridagi iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha interaktiv onlayn ma’lumotlar bazasini tashkil etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shahar miqyosida mahalliy markazlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra mutasaddi idoralar kompaniya bilan hamkorlikda loyihalari ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi.
O‘zbekistondagi serverlarda joylashgan ochiq ma’lumotlar bazasi misolida Qo‘qon shahri bo‘yicha veb interfeysli dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha texnik hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.







