Qo‘qon shahrini rivojlantirish konsepsiyasi muhokama etildi
2026-06-18 14:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan kelishuv asosida shahrimizda turizm, shaharsozlik, ekologiya, muqobil energiya ishlab chiqarish va madaniy meros obyektlarini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqishga kirishgan xorijiy mutaxassislar guruhi bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida mutaxassislarga shaharda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, qurilish, kommunikatsiya va turizmni rivojlantirish borasidagi ishlar hamda mavjud muammolar xususida ma’lumot berildi.
Qo‘qon shahar hokimi muhokama etilgan soha va idoralar rahbarlarini xorijiy mutaxassislarga tanishtirib, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.






