Muqimiy shaharchasi ko‘rkam ko‘rinishga keltirilmoqda
2026-06-13 10:15:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi davlatimiz rahbarining Qo‘qon shahriga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida obod etilayotgan Muqimiy shaharchasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

Xususan, ushbu hududda barpo etilayotgan ark ko‘rinishiga milliy uslubdagi bezaklar bilan jilo berish, sifatli qurilish materiallaridan foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



