Qo‘qon shahrida “Ayollar daftari” tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-06-10 10:10:00 / Yangiliklar

Seminarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, soha mutaxassislari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan mas’ullar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan amaliy yordam turlari, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda “Ayollar daftari”ning yettinchi bosqichiga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Nigora Ergasheva tomonidan “Ayollar daftari”ning yettinchi bosqichiga olingan xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, taklif va mulohazalar tinglandi. Tadbir xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi vazifalarni samarali tashkil etishga xizmat qildi.



