Qo‘qon shahar hokimi Xitoy sarmoyadorlari bilan muzokaralar olib bordi
2026-06-09 12:05:00 / Yangiliklar
Muloqot chog‘ida Qo‘qon shahridagi “Achiqko‘l” mahallasida joylashgan ikki va to‘rt qavatli uylar o‘rniga renovatsiya dasturi asosida zamonaviy uy joylar barpo etish, Qo‘qon texnoparki hududida logistika markazini tashkil etish va Yoshlar sanoat zonasida mebellar uchun aksessuarlar ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish masalalari muhokama etildi.

Ayni paytda muloqot chog‘ida erishilgan kelishuvlar asosida Qo‘qon shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutasaddilari sarmoyadorlar bilan joylarda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib, barpo etiladigan yangi obyektlar uchun yer maydonlari bo‘yicha takliflar bilan tanishtirmoqda.



