Qo‘qonda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi
2026-06-01 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahridagi Yoshlar bog‘ida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!” shiori ostida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun rang-barang konsert dasturlari, teatr tomoshalari hamda ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli shoular namoyish etildi. Shuningdek, bolalar rasm va hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etilib, turli o‘yinlar va ko‘ngilochar musobaqalar o‘tkazildi.
Bayramda ishtirok etgan bolalarga sovg‘alar ulashilib, bepul muzqaymoqlar tarqatildi. Quvonch va shodlikka boy tadbir bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning baxtli va barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yana bir bor o‘z ifodasini topdi.




