Prezident topshiriqlari ijrosi: Qo‘qon mahallalarida obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
2026-06-01 14:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Muqimiy” va “Shikorbegi” mahallalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga qurilish sifatini oshirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahallalarni yanada obod qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shahar rahbari mahallalardagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarini muhokama qildi.



