Qo‘qon sanoat bozorlari zamon talablari asosida tartibga keltirilmoqda
2026-06-01 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar bilan sanoat bozorlarida shaharsozlik talablariga rioya etish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda faoliyatni qonunchilik asosida yuritish va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.



