Malayziyalik tadbirkorlar bilan eksport va savdo masalalari muhokama qilindi
2026-05-21 11:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Malayziyadan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni Malayziya bozoriga eksport qilish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Qo‘qonda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda investitsion muhit haqida ma’lumotlar berildi.
Tomonlar kelgusida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, eksport hajmini yuksaltirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.



