Qo‘qonda mahallalar qiyofasi yangilanmoqda
2026-05-22 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi “Muqimiy” va “Shikorbegi” mahallalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish hamda qurilish loyihalari bilan tanishib, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Hududda tashkil etilgan shtab qoshidagi loyiha ofisi tomonidan ko‘chalar, bino va inshootlarni zamonaviy arxitektura asosida qayta shakllantirish, ularning tashqi qiyofasini yanada ko‘rkam va jozibador qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
“Qo‘qon tajribasi — Farg‘ona namunasi” shiori ostida olib borilayotgan mazkur ishlar aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasiga mos yangi turar joy maskanlarini barpo etishga xizmat qilmoqda.




