Qo‘qon shahridagi "Baqa Chorsu" mahallasida temir yo‘l tarmog‘i ostida yangi tonnel barpo etilmoqda
2026-05-21 10:25:00 / Yangiliklar
Ushbu hududda istiqomat qiladigan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov joyida borib tanishdi.

Mutasaddilarga sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, xavfsizlik talablariga rioya etish, ishlarni o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun: ushbu masala ko‘p yillardan beri aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri edi, fuqarolar ushbu mavzuda yordam so‘rab mutasaddi idoralarga murojaat etishgan edi. Endi aholi temir yo‘l tarmog‘i ostidan xavfsiz harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.




