Prezident topshiriqlari ijrosi amalda!
2026-05-17 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari bilan muloqot qilib, "Shikorbegi" va "Muqimiy" mahallalarida ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Ayni paytda mahallada tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ayol qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilib, ayollar doimiy daromad manbai bilan ta’minlanmoqda.



