“Saodat” mahallasida “Shukronalik” ma’rifiy uchrashuvi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
2026-05-18 20:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahridagi “Saodat” mahallasi aholisi uchun Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Shukronalik” ma’rifiy uchrashuvi hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalq farovonligini oshirish va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi islohotlar haqida so‘z yuritildi.Bayram tadbirida el suygan san’atkorlar — Davr guruhi, Muhriddin Normatov, E’zoza Xaydarova hamda Rustam G‘aniyev ishtirok etib, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.Shuningdek, taniqli shoir A’zam Naziriy tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar o‘qildi.Konsert dasturi davomida sahnaga chiqqan san’atkorlar va shou yulduzlarining chiqishlari mahalla ahliga bayramona kayfiyat ulashib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.









