"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
2026-05-15 10:55:00 / Yangiliklar

Bunday tadbirlar haqida so‘zlab berish, bu yerda hukm surayotgan birdamlik ruhini ifoda etib berish juda ham qiyin. Vatanga muhabbat - uni qanday mezonlar bilan o‘lchash mumkin?
Bu yerda hukm surayotgan kayfiyat, havoda uchib yurgan zarrachalar xuddi elektr toki kabi ana shunday mehr oqibat bilan yo‘g‘rilgan. Vatanga muhabbatni qanday ifodalash mumkin.
Balki ovozimdagi titroq, bayrog‘imiz hilpiraganda ko‘ksimda to‘lib, tomog‘imga taqaladigan bir kuch bilandir.To‘g‘ri, man hali yoshman, balki ko‘pni ko‘rmagandirman, lekin yurtimizda, shahrimizda, mahallamda, maktabimda bo‘layotgan ishlarga baho bera olaman va internetdan o‘zga yurtlarda hukm surayotgan vaziyat bo‘yicha oqib kelayotgan ma’lumot bilan bilan taqqoslay olaman.
Bilmadim, siz nima deb o‘ylaysiz, lekin men - biz ajoyib zamonda, eng go‘zal mamlakatda, baxtli hayot kechirmoqdamiz deb o‘ylayman. Agar siz ham shu tuyg‘ularni his etishni istasangiz, shunday tadbirlarga albatta boring.







