Qo‘qon shahridagi Amiriy kutubxonasida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qo‘qon davlat universiteti talaba qizlari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
2026-05-15 10:25:00 / Yangiliklar
Tadbirda davlat va jamiyat boshqaruvi hamda ijod sohasi vakillari ishtirok etib, yoshlarga motivatsiya va hayotiy tajribalar ulashdi.

Uchrashuvda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i O‘g‘iloy O‘razova, Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Nigora Ergasheva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Vasilisa Naypak, shuningdek shahar hokimligi yurist-konsulti Ehtibor Muhammedova hamda shahar otinoyisi Sanobarxon Alimova so‘zga chiqish qildi.
Muloqot davomida zamonaviy ayol obrazi, oila muqaddasligi, kiyinish va muomala madaniyati, shuningdek qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir talaba qizlar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi va motivatsion uchrashuvga aylandi.






