Qo‘qon shahrida Farg'ona viloyat hokimining topshirig‘iga asosan temir yo‘l tarmoqlari hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
2026-05-14 10:10:00 / Yangiliklar
Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida Qurilish, Arxitektura va Kadastr bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat unitar korxonasi, Mahalla uyushmasi mutasaddilari hamda yo'l yoqasida joylashgan obyektlar egalari ishtirokida temir yo‘l atrofidagi bino va inshootlar, bog‘lar, yashil maydonlar hamda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlarni samarali tashkil etish maqsadida hududlar kesimida mas’ullar biriktirildi.
Obodonlashtirish tadbirlari doirasida hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, yashil hududlarni tartibga keltirish hamda shahar infratuzilmasining estetik ko‘rinishini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.



