Qo‘qon shahrida yashirin iqtisodiyotga barham berilmoqda!
2026-05-12 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar bilan muloqotda bo‘lib, sanoat bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qonuniy va halol, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarini to‘lab, faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Qo‘qon shahar hokimi bozorlarda jamoat tartibini ta’minlash, tadbirkorlar va xaridorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish masalalariga ham e’tibor qaratib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.



