Qo‘qon shahrida Xotira va qadrlash kuni katta tantanalar bilan nishonlandi
2026-05-09 07:05:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etib, Prezidentimizning Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81-yillik bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirildi.
Vatanimiz uchun jon fido qilgan qahramonlar xotirasiga yod hurmat bajo keltirilib, Xotira maydoniga gulchambarlar qo‘yildi.
Qo‘qon shahar hokimi harbiylar va faxriylar bilan muloqotda bo‘lib, jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi do‘stlik va totuvlik muhiti xususida suhbat qurdi. "Milliy birlik va hamjihatlik – bizning bebaho boyligimiz, barcha yutuq va g‘alabalarimizning mustahkam asosidir" dedi jamoatchilik vakillari bilan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi.






