Qo‘qon shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisidan xabar olindi
2026-05-09 14:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, harbiylar, milliy gvardiya xizmatchilari, harbiy bilim yurti o‘quvchilari va keng jamoatchilik vakillari qahramonlik va matonat timsoli bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, sharafli orden va medallar sohibi Usmonjon Rahimovdan xabar olib, bayram sovg‘alarini yetkazdilar.

Samimiy muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov mavjud muammo va masalalar bilan ham qiziqib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.Ayniqsa qahramondan xabar olgani kelgan bolajonlar bo‘lib o‘tgan muloqotni katta qiziqish bilan kuzatib, cheksiz havas va g‘urur bilan samimiy tilaklarini izhor etdilar. Usmonjon Rahimov e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik izhor etib, yurtimizga tinchlik, Yurtboshimizga omonlik tilab, duolar qildi.




