Xitoy tili va axborot texnologiyalarini o‘rganamiz!
2026-04-30 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon 1-sonli texnikumida Xitoy Xalq Respublikasining "Shansi" universiteti o‘qituvchilari axborot texnologiyalari va xitoy tilidan dars bermoqda. Ushbu amaliyot davlatimiz rahbarining professional ta’lim darajasini xalqaro standartlar asosida tashkil etish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

"Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni doirasida texnikumga tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari bu yerda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv maskanining texnik ta’minoti bilan tanishdilar.
Eslatib o‘tamiz davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan har Payshanba kuni barcha mutasaddilar yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etishi va takliflarini o‘rganishi belgilangan. Qo‘qon shahrida ham "Yoshlar kuni"da barcha idora-tashkilotlarda yoshlar mavzusi kun tartibida bo‘lib, muammo-masalalari yechim topmoqda.




