Qo‘qon shahar hokimi muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan muloqot qildi
2026-04-23 07:10:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida "Yoshlar kuni" chora-tadbirlari ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan muloqot chog‘ida yoshlarning ijtimoiy muammolari hal etildi.

Xususan, ayni paytda xizmatdan qaytgan yoshlar uchun dolzarb masala-ishga joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo sohasida faoliyat yuritayotgan fuqaroning iltimosiga asosan noutbuk ajratilishi belgilandi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari berilgan topshiriqlar ijrosi uchun mas’ul etib belgilandi.






