Yoshlar kelajagimiz poydevori!
2026-04-23 07:10:00 / Yangiliklar

Xususan, 26-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘qon shahar hokimi yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan madaniyat, san’at va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishib, iqtidorli o‘quvchilar bilan muloqot qildi.
Samimiy muloqot chog‘ida yoshlarning muammo-masalalari hamda takliflari o‘rganilib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarning salohiyatlarini namoyon etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.
Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar hamrohligida maktabda mavjud muammolarni ham o‘rgandi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra mas’ullarga maktab sport zalini ta’mirlash hamda yangi sport jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.






