Yangi xonadonlarni ko‘rkam ko‘rinishda egalariga topshiramiz!
2026-04-22 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar hamrohligida "Yangi O‘zbekiston" mavzesida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘rgandi.

Mutasaddilarga hududlarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish, ko‘p qavatli uylar hududiga gullar va manzarali daraxtlar ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
"Yangi xonadonlarni ko‘rkam ko‘rinishda egalariga topshiramiz!", dedi shu jumladan Qo‘qon shahar hokimi.






