Qo‘qon shahrida Ayollar olimpiadasi sport musobaqalarining shahar bosqichiga start berildi
2026-04-17 10:10:00 / Yangiliklar
Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ayollarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

18 yoshdan 30 yoshgacha va 30 yoshdan katta ayollarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida 1-sport maktabida o‘tkazilayotgan musobaqalarda stol tennisi, shashka, shaxmat, yugurish bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
3 bosqichda o‘tkazilishi nazarda tutilgan Ayollar olimpiadasining shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma oladi.




