Qo‘qon shahrida "Besh tashabbus" paralimpiadasiga start berildi
2026-04-17 10:15:00 / Yangiliklar
Xususan, "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida 2-sport maktabida o‘tkazilgan sport tadbiriga Qo‘qon shahar hokimi ham tashrif buyurib yoshlar bilan muloqot qildi. Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan joriy paralimpiya bellashuvlari imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ham o‘z salohiyatini namoyon etish va orzu-intilishlariga erishish imkonini berdi.

Bu yilga bellashuvlarda 500 dan ziyod shahrimiz paralimpiadachilari musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘qon shahar hokimi ishtirokchilarga omad va zafarlar tilab, ushbu musobaqalar do‘stlik va bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarimizni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Qo‘qon shahar hokimi imkoniyati cheklangan yoshlarning yaqin qarindoshlari bilan ham muloqotda bo‘lib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.




