Qo‘qon shahrida madaniyat va san’at xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi
2026-04-15 15:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda o‘zining betakror iste’dodi, bilim va mahorati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Qo‘qon shahar hokimi Prezidentimizning O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, barchani kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
Fidokorona mehnatlari bilan xalqimizga namunali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir qator soha xodimlariga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samimiy muloqot chog‘ida shahrimizda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasida milliy madaniyatimiz, musiqa va san’atni keng targ‘ib etish masalalari muhokama etilib, o‘zaro fikr almashildi.









