Qo‘qon shahar hokimi Amir Temur ko‘chasida renovatsiya dasturiga tushgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan muloqot qildi
2026-04-10 12:05:00 / Yangiliklar
Muloqot chog‘ida aholi farovonligini yuksaltirish va eskirgan xonadonlar o‘rniga yangi uy-joylar barpo etishga qaratilgan Renovatsiya dasturining mazmun mohiyati, ko‘zlangan maqsadlar xususida ma’lumot berdi.
Boshlanayotgan ishlarga baraka tilab, Qur’on tilovat va qurbonlik qilindi. Duolarda o‘tganlar xotirasi yod etilib, tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik bildirildi.

Qurilish kompaniyasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida uy-joy egalarining takliflari o‘rganilib, bildirilgan savollariga javob berildi.
Qo‘qon shahar hokimi aholi xonadonlariga ham tashrif buyurib, yangi barpo etiladigan uylarda bundan-da yuksak va qulay sharoitlar yaratilishini ta’kidlab o‘tdi.




