Qo‘qon shahar hokimi fuqarolarni qabul qildi
2026-04-08 11:15:00 / Yangiliklar
Prezident Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning ijtimoiy muammolari, mas’ul rahbarlar va mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘rganilib, joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Qabulda aholidan ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joy, kadastr masalalari bo‘yicha hamda tadbirkorlardan kredit va yer-mulk masalalari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.



