Qo‘qon shahridagi Mexanika zavodi faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda
2026-04-01 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Mexanika zavodi hududida faoliyat olib borayotgan korxonalar faoliyati bilan tanishib, mutasaddilar bilan muloqotda bo‘ldi. Muloqot chog‘ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ayni paytda kuni kecha Qo‘qon shahar hokimi tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida korxona hududi obodonlashtirilib, ishlab chiqarish sexlari va korxonalar tomonidan o‘rab olingan hududlarda to‘siqlar olib tashlanmoqda.
Qo‘qon shahar hokimi mas’ullar bilan suhbatda bo‘lib, korxona hududidagi bino va inshootlarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.






