Qo‘qon shahar hokimi Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan muzokaralar olib bordi
2026-03-15 15:10:00 / Yangiliklar
Muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida biokimyo yoqilg‘isi asosida ekologik toza isitish tizimlarini tashkil etishga sarmoya kiritish, shahrimizda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar va mavjud uy-joy kompleksini markazlashgan isitish tizimiga o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvdan so‘ng Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Oybekjon Mingbayev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan tasdiqlangan media-reja asosida "Muloqot" telekanaliga "Qo‘qon shahrida investitsion loyihalarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" xususida intervyu berdi.






