Qo‘qon shahrida davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
2026-03-31 10:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi topshirig‘iga asosan joriy yilning 25-martidan 6-apreliga qadar Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar hokimligi apparati xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida xodimlarning salomatlik holati atroflicha tekshirilib, kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.




