Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi
2026-03-26 10:25:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan har Payshanba Yoshlar kuni deb e’lon qilingan. Qo‘qon shahrida ham Yoshlar kuni chora-tadbirlari doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Xususan 14-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti va Janubiy Koreyaning Dia global akademiyasidan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etdilar.
Muloqot chog‘ida yoshlarda bilim va ko‘nikmalarni egallashda yuzaga kelayotgan muammo va masalalar muhokama etilib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar va maslahatlar berildi.
Qo‘qon shahar hokimi maktab hududini ham ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.




