Qo‘qon musiqali drama teatrida “Bravo” orkestri ishtirokida konsert o‘tkazildi
2026-03-25 19:10:00 / Yangiliklar
Jahonda mashhur bo‘lgan kinofilmlar va seriallar uchun bastalangan asarlar va saundtreklar asosida tashkil etilgan navbatdagi Kendl Fayer oqshomida tomoshaga tashrif buyurgan yuzlab hamshaharlarimiz qatori Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti va Janubiy Koreyaning Dia global akademiyasidan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdilar.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab shu kabi tomoshalarni tashkil etib kelayotgan shougouuz kompaniyasi direktori o‘rinbosari Marat Bekmeyev Qo‘qon aholisini konsertga bo‘lgan qiziqishini e’tirof etib, tomoshani tashkil etishga katta ko‘mak bergan barcha mutasaddilarga minnatdorchilik izhor etdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki borgan sari hamshaharlarimizning yuksak san’at va klassik musiqalarga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Tomoshalarga tashrif buyurayotganlarning yarmidan ko‘pi yoshlar ekani Qo‘qonda o‘sib kelayotgan avlod san’atga oshno bo‘lib, ezgu qadriyatlar asosida kamol topayotganidan darak beradi,






