Qo‘qon shahrida koreyalik mutaxassislar ishtirokida seminar treninglar boshlandi
2026-03-25 11:25:00 / Yangiliklar

Koreyalik mehmonlarga madaniyatimiz, san’atimiz va milliy taomlarimiz, yurtimizda yetishib chiqadigan noz-ne’matlar namoyish etildi.
Ayni paytda shahrimizdagi maktablar direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, psixologlar ishtirokida “Ta’lim sifatini oshirishda 5-o‘lchovli ta’limning ahamiyati” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda ishtirok etayotgan Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib shahrimizda o‘tkazilayotgan seminarlar ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Yana 3 kun davom etadigan seminarlar davomida turli yo‘nalishlarda zamonaviy ta’lim va tarbiya texnologiyalari asosida leksiya, uchrashuvlar va ta’lim muassasalarida amaliy tashriflar rejalashtirilgan.









