Qo‘qon shahrida Prezident olimpiadasi musobaqalariga start berildi
2026-03-24 10:05:00 / Yangiliklar
Tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan tashkil etilgan Prezident olimpiadasi va Olimpiya cho‘qqilari musobaqalari o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va sportni ommalashtirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
Xususan tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barcha ishtirokchilarni qutlab, Prezidentimiz rahnamoligida o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalari yoshlarni jismonan va ma’nan yetuk, vatanparvar inson etib tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘qon shahar hokimi musobaqa ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lib, musobaqalarda omad va yuksak natijalar tiladi.
Sport sohasi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida musobaqalarni yuksak saviyada tashkil etish, zarur barcha shart-sharoitlarni yaratib berish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
